30 ta oliygohga moliyaviy mustaqillik beriladi

30 ta oliygohga moliyaviy mustaqillik beriladi
Telegram kanal подписаться

OTMlarga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati beriladi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Xususan, asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

    🔹O‘quv reja va adabiyotlari, fan dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini, yo‘nalishidan kelib chiqib, ta’lim shakllarini (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) belgilashni oliygoh boshqaruv kengashining o‘zi hal qiladi.

    🔹Nufuzli xorijiy nashrlarda muntazam maqolalar chiqarib kelayotgan, shuningdek shogirdlari ilmiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli himoya qilgan ilmiy rahbarlarga 5 tagacha doktorant va 3 tagacha mustaqil izlanuvchi olish huquqi beriladi (hozirda 3 tagacha doktorant va mustaqil izlanuvchi olishi mumkin).

    🔹Har yili mavjud 1,5 mingta kafedralarning 1 nafardan yosh olimlarini xorijiy nufuzli oliygohlarga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

    🔹Har bir kafedra qoshida ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etiladi, har bir rektor o‘quv, laboratoriya va boshqa moddiy-texnika vositalariga kamida 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratadi.

    🔹Oliygohlarning kamida 1 nafar prorektorini chet elda o‘qigan malakali mutaxassislardan tayinlanadi.

    🔹30 ta oliygoh tanlab olinib, kelgusi yil 1 yanvardan moliyaviy mustaqillik beriladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x