MUSOBEK

MUSOBEK (19-a.) — Buxoro amirligining Rossiyaga yuborgan elchisi, miroxur, 1867-y. may oyi boshlarida Orenburgga kelgan va Rossiya bilan boʻlgan muzokaralarda qatnashgan. Musobek Buxoro amirligi bilan Rossiya oʻrtasidagi chegarani 1866-y. sent. da Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab belgilashni taklif qilgan. Birok, Rossiya Oʻratepa va Jizzaxdan ayrilib qolishni istamay, faqat Yangiqoʻrgʻonni berishga koʻngan. Yangi bitimda tovon toʻlash xdqida talab boʻlmagan. Musobek 1867-y. dek. da Toshkentga, K. P. Kaufman huzuriga kelib amirning ruslar talablariga rozi ekanligini bildirgan. Musobek 1868-y. martigacha Toshkentda boʻlgan, uni mahalliy aholi va rus armiyasida xizmat qiluvchi musulmonlarni ruslarga qarshi kurashga daʼvat etganlikda ayblashgan. Rossiya Kattaqoʻrgʻonni bosib olgach (1867), M. amir elchisi sifatida 10-iyunda ruslar bilan muzokara olib borish uchun Samarqandga kelgan. Amir taxtdan voz kechishini, Makkaga, hajga borishga ruxsat olish uchun imperator bilan uchrashmoqchi ekanligini bildirgan. Birok, Buxoro amirligini tugatishni Rossiya rejalashtirmagandi. Shuning uchun amirlik saklab qolinib, ogʻir shartlar asosida bitim imzolangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x