MUSHTUM

«MUSHTUM» — hajviy jurnal. Tosh-kentda oyda 1-marta chikadi. «M»ning 1soni 1923-y. 18 fev. da «Turkiston» gaz. ga ilova (3 ming nusxada), 1924-y. dan «Qizil Oʻzbekiston» nashri si-fatida chop etilgan. Jur. ning 1sonida uning tashkilotchilaridan Abdulla Qodiriyning «Mushtum taʼrifida» degan bosh makrlasi berilgan. Mazkur makrlada «Mushtum»ning yoʻnalishi belgilangan: «Bu «Mushtum» zoʻrlik mushtumi emas, qaqlik mushtumidir, bu «Mushtum» zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning maʼnosi ham boshqachadir…» «Mushtum»ga turli davrlarda ijod qilgan Gʻozi Yunus, Choʻlpon, Hoji Muin, Rafik Moʻmin, Gʻafur Gʻulom, Komil Aliyev, Abdulla Qahhor, Nosir Sayd, Gʻayratiy, Sobir Abdulla, Sayd Ahmad, Anvar Muqimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon va b. ijodkorlar oʻz asarlari bilan ishtirok etgan. «Mushtum» da chop etilgan koʻpgina qajviy asarlar adabiyotimizning bebaho durdonalariga aylangan. Mac. F. Gʻulomning «Shum bola»si, A. Qaxdor, S. Ahmadning eng sara hajviyalari, E. Vohidovning «Donishqishloq hangomalari», A. Oripovning «Jannatga yoʻl» dramasi. Yuzlab tanqidiy maqolalar, felyetonlar jami-yatni turli illatlardan tozalashda «Mushtum»ning asosiy quroli hisoblangan. Xalol va oshkora tanqid jamiyat va odamlar uchun haqiqiy malham bulishiga erishish jur. ning bosh mezoni hisoblanadi. Jur. oʻz faoliyatida turli ijodiy shakllardan, jumladan Nasriddin Afandi, Aldar Koʻsa kabi xalq ogʻzaki ijodidagi obrazlardan keng foydalanadi. Uning sahifalarida mu-him voqealarga bagʻishlangan felyeton, pamflet, hajviya, oʻrtoqlik hazillari va b. qiziqarli tanqidiy materiallar yoritiladi.

«Mushtum» oʻz karikaturalari bilan ham mashhur. Uning birinchi rassomi Ishtvan Tullya boʻlgan, keyinchalik jur. da turli yillarda T. Muhamedov, D. Siniskiy, M. Vorobeynikov, N. Ibrohimov, A. Xoliqov, S. Subhonov, A. Qambarov, S. Salohiddinov, H. Sodiqov va b. ishladi. «Mushtum»ga Gʻozi Yunus, Ziyo Said, Gʻ. Gʻafurov, Husayn Shams, J. Mahmudov, M. Muhamedov, Akmal Poʻlat, Z. Yoʻldoshev, Mirmuhsin, Ibrohim Rahim, N. Aminov, Maksud Qoriyev va b. muharrirlik qilgan. 1998-y. 28 avg. da jur. ning haftalik ilovasi —«Afandi» gaz. tashkil etilgan. Gaz. da davrning dolzarb muammolari, tanqidiy maqolalar ham keng yoritiladi. Hoz. «Mushtum»ning bosh muharriri Ashurali Joʻrayev (1996-y. dan). Adadi 10000 (2003).

Ashurali Joʻravv.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x