MUSHOIRA

MUSHOIRA (arab. — shoirlar musobakasi) — 1) sheʼriyatning oʻziga xos janri. Odatda, ijodiy hamkorlikning bir koʻrinishi. Bu janrda 2 yoki undan ortiq shoir sheʼr aytishadi, ijodiy musobaqalashadi. Sheʼr bir mavzu, bir vazn, bir xil qofiya tizimida boʻlib, ular gʻoyaviy-estetik va poetik jihatdan uzviy birikadi va yaxlit asarni vujudga keltiradi. Firdavsiyning mashhur qalamkashlar — Unsuriy, Asjadiy va Farruxiy bilan Mushoira qilib, gʻolib chiqqani qaqida rivoyatlar bor. Goʻyo shu Mushoiradan keyin Firdavsiy «Shoh-noma»ni yozishga kirishgan ekan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida Mushoiraning mashhur na-munasi Fazliy va Maxzuna (19-a.) oʻrtasida boʻlib oʻtgan aytishuv (gʻazal)dir. Mushoira ogʻzaki yoki yozma tarzda yaratilib, xalqijodiyotida xam kengtarqalgan. Mushoiraga monand janr boshqa xalqlarda ham bor (mas, qozoq va qirgʻizlarda «aytisuv»);

2) sheʼrxonlik, adabiyotchilar yigʻini.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x