MIXIRAKULA

MIXIRAKULA (6-a.) — oq hunlareftaliylar sardori (515—6-a. oʻrtasi). Shim.-Gʻarbiy Hindiston (poytaxti — Shakala sh., hoz. Sialkot)da hukmronlik qilgan. Mixirakula tasarrufidagi mulklar JamnaGang vodiysiga, Gvaliorgacha tarqalgan. 528-y. hind hukmdorlari birlashgan qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchragan, bu eftaliylarning Hindistonga keyingi yurishlariga barham bergan. Ularning ixtiyorida faqat Hind daryosi vodiysigina saqlanib qolgan. Hind xalqi tarixiy anʼ-anasida Mixirakula zolim, mustabid podshoh va shafqatsiz, qahrli istilochi sifatida aks ettirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x