MUSABBA

MUSABBA (arab. — yettilik) — musammat usulidagi, xar bir bandi 7 misradan iborat sheʼr shakllaridan biri. Uning birinchi bandidagi hamma misralar oʻzaro uygʻun qofiyalashadi, keyingi bandlarning esa 6 misrasi oʻzaro qofiyalanib, oxirgi 7misrasi Musabba 1-bandidagi misralarga mos qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-vv-a, g-g-g-g-g-g-a va h. k.). Ayrim hollarda agar Musabba larning har bandi oxirida 1 yoki 2 miyera oʻzgarishsiz takrorlanib borsa, uning qofiya tartibi ham boshqacharoq boʻlishi mumkin. Forstojik, ozarbayjon mumtoz adabiyoti tadqiqotchilari bu adabiyotlarda Musabba namunalari umuman yaratilmaganligini qayd etadilar. Musabba bandlaridagi 7 miyerani oʻxshash qofiyalashtirish qiyinchiligi, aftidan, bu shaklga kamroq murojaat qilinishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Mashrab, Komil, Miriy, Tabibiy, Vosit Saʼdulla Musabbalar yozishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x