Murtazo Qarshiboy (1961)

Murtazo Qarshiboy 1961 yilning 6 fevralida Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi Boʻzgʻovul qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi.

Oʻrta maktabni tugallab, 1979–1981 yillarda harbiy xizmatda boʻldi. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida (1982–1987) tahsil olgach, “Yoshlik” jurnalida (1987–1989), “Mushtum” jurnalida (1989–1992), “Vatan” gazetasida (1992–1993), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida (1993–1991), “Tafakkur” jurnalida (1994–1998), “Respublika” gazetasida (1998–1999) turli lavozimlarda xizmat qildi. 1999 yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat yuritadi.

Murtazo Qarshiboyning dastlabki adabiy maqola va sheʼrlari talabalik yillarida Samarqand viloyati hamda “Universitet” gazetalarida, “Yoshlik” jurnalida chop etildi. Uning “Oʻnglanmagan taqdir talqini” (adabiy-tanqidiy maqolalar – 1994), “Talotoʻpdan uygʻunlik sari” (falsafiy-publitsistik risola – 1998), “Bunyodkor xalq gʻoyasi” (publitsistik risola – 2001), “Buyuk oʻzgarishdan yangilanish sari” (publitsistik maqolalalar – 2001), “Ezgulik va maʼnaviyat” (maʼrifiy risola – 2009), “Vatan tuygʻusi” (X. Sultonov bilan hammualliflikda umumtaʼlim maktablarining 5-6-sinflari uchun darslik 2002), “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” (umumtaʼlim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflari uchun hammualliflikda yozilgan darslik – 2002), “Koʻngil – ozod ham oʻzing, obod ham oʻzing” (adabiy-publitsistik risola – 2013), “Oʻttiz yillik andisha” (sheʼrlar, 2014), “Inson moʻjiza izlab yashaydi” (adabiy-tanqidiy, maʼrifiy-publitsistik maqolalar, badiiy tarjimalar – 2014) kabi kitoblari nashr etildi.

Murtazo Qarshiboy 2001 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni bilan mukofotlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/murtazo-qarshiboy-1961/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x