MURJIʼIYLAR

MURJIʼIYLAR (arab. — kechiktirmoq, muddatni choʻzmoq) — islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 7—8-a. larda paydo boʻlgan. Xalifalikda umaviylar hokimiyatiga qarshi kurash kuchaygan davrlarda ilohiyotda gunohkor va uning taqsiri masalasi muhim oʻrin olgan. Xorijiylar katta gunoh qilganni darhol jazolash tarafdori boʻlsalar, Murjiʼiylar jazolashni kechiktirishni yoqlab chiqqanlar. Ularning nomi shundan olingan. Murjiʼiylar bu dunyoda inson holatini muhokama qilishni «kechiktirish», yaʼni insonning xatti-harakatini, uning imkonini yolgʻiz Allohning oʻzigina biladi va inson ustidan hukm qilish uning oʻzigagina xos deb hisoblaganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x