MUOMALA XARAJATLARI

MUOMALA XARAJATLARItovar muomalasi jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan jami sarflar. Muomala xarajatlari mohiyatiga koʻra sof va qoʻshimcha xarajatlarga boʻlinadi. Sof xarajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish bilan bogʻliq xarajatlardir. Sof xarajatlarga bevosita savdoni uskunalar bilan jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xodimlariga haq toʻlash va h. k. xarajatlar kiradi. Qoʻshimcha xarajatlarga tovarlarni tashib isteʼmolchilarga yetkazish, ularni saklash, qismli to-varni yigʻish (mas, mebel), ularni joylashtirish, oʻrash, reklama va boshqa xarajatlar kiradi.

Muomala xarajatlarining asosiy koʻrsatkichi uning darajasi hisoblanadi va tovar aylanmasi hajmiga nisbatan foiz bilan oʻlchanadi. Muomala xarajatlari tovar narxi tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham uning darajasi aholi turmush darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Savdo madaniyatining yuksalishi Muomala xarajatlarini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muxtor Rasulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x