MUQIMOV Komil Muqimovich

MUQIMOV Komil Muqimovich (1940.14.2, Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1988), prof. (1989). Oʻrta Osiyo unt-ida (1957—61) oʻqigan va Moskva unt-ini tugatgan (1964). Toshkent untining fizika kafedrasida oʻqituvchi, dotsent (1967-75), optika kafedrasi mudiri (1975—92), fizika f-ti dekani (1990-92). 1992-y. dan Buxoro unti rektori. Ilmiy ishlari magnitooptika, ferro-, ferrimagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalar va b. ga oid. Uning izlanishlari tufayli magnit hodisalar fizikasi sohasida yangi — «kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnitooptikasi» ilmiy yoʻnalishi yaratildi.

As: Magnitooptika v prozrachnыx redkozemelnыx dielektrikax, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x