MUNSHIY

MUNSHIY, munshi (arab. — kotib, ijodkor) — Oʻrta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi, yozuvchizuv ishlarini olib borgan shaxs. M. lavozimiga, odatda, maʼlumotli va husnixat kishilargina olingan. Munshiylar olim va fozil kishilar boʻlganligi uchun oddiy kotib (q. A/irza) lardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu Munshiylar qalamiga mansub. Munshiy lavozimida boʻlgan kishilar Munshiy soʻzini taxallus sifatida oʻz nomlariga koʻshib aytishgan (mas, Iskandar Munshiy, Mirza Muhammad Sodiq Munshiy va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x