MUM RASSOMLIGI

MUM RASSOMLIGIbogʻlovchi moddasi mum boʻlgan boʻyokda ishlanadigan rangtasvir usuli. Kimyoviy aktivligining sustligi va namga chidamliligi tufayli bu usulda yaratilgan asarlar koʻp asrlar davomida oʻzining dastlabki koloriti, sofligi, pishiqligi va boʻyoq qatlamining sifatini saqlabturadi. Mil. av. 14-a. dan Qad. Misrda ibodatxonalarni boʻyashda qoʻllangan. Mil. av. 5-a. da Yunonistonda issiqusul deb ataluvchi (enkaustika) eng mustahkam Mum rassomligi texnologiyasi yaratilgan: bunda qizdirilgan mum boʻyoklar qizdirilgan jez kurakcha yordamida asosga surtiladi. Bu usul, asosan, dastgoh sanʼatida qoʻllangan, shuningdek, ma-hobatli rasmlarda noqulay tashqi sharoitga chidamli mustahkam boʻyoq qatlami talab qilinganda ishlatilgan. Fay-yum portretlari va Vizantiya ikonalarida (12-a. gacha) enkaustika oʻrnini uncha pishiq boʻlmagan hamda ishlanishi osonroq skipidarli mum boʻyoqlar (sovuq usul deb ataladi) va mumli tempera (uchuvchan moyli emulsiya aralashmasi) egallay boshlagan. Mum rassomligi hozir asosan rasmlarni taʼmirlashda, yoʻqotilgan boʻyoq qatlamini toʻldirish va uni mustahkamlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x