MULLAJONOVA Shoista Rubinovna

MULLAJONOVA Shoista Rubinovna (1925.3.9, Dushanba) — opera xonandasi (lirik soprano), Tojikiston xalq artisti (1957). Nihoyatda keng nafasli, kuchli, ayni paytda oʻziga xos va yoqimli ovoz sohibasi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). 1941—43 y. lar (yana 1958-y. dan) Tojik filarmoniyasida, 1944—58 y. lar Tojik opera va balet teatrida ishlagan. Eng yaxshi partiyalari: Mohim (Lenskiy, «Tohir va Zuhra»), Guluzor (Balasanyan, «Vose qoʻzgʻoloni»), Marfa (Rimskiy—Korsakov, «Shoh qayligʻi»), Gulchehra (U. Hojibekov, «Arshin mol-olon») va b. M. tojik xalq qoʻshiklari, Tojikiston va Uzbekiston kompozitorlarining asarlari va b. xalqlar qoʻshiklarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x