MUKARRAMOV

MUKARRAMOV Muqaddam (? — Buxoro — 1936) — kandakor, Buxoro kandakorlik maktabining yirik vakili. Usta Olim Abdusalomovdan hunar oʻrgangan. Kandakorlik usullarini yaxshi bilgan Mukarramov, ayniqsa, anʼanaviy naqshlarni mahorat bilan bajargan, ijodida anʼanaviy naqshlar bilan eron kandakorligi naqshlarini uygʻunlashtirib qoʻllagan, naqsh mujassamotlarida qusnixat muhim oʻrin tutgan, baʼzan u buyum yuzasini tuliq qoplagan; bezaklar sayqali, turunj va aylana hoshiyalarni uygʻunlashtirish bilan buyumlarning badiiyligi va ifodaliligini oshirishga, bezaksiz sayqallangan metall buyumlarda nodir ifodalilikka erishgan. Mukarramov yaratgan buyumlar (jumladan, laʼli, dastshoʻy va b.) respublika muzeylarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x