MUHIDDIN QIZIQ

MUHIDDIN QIZIQ Darveshov (1938.26.2 — Buvayda tumani — 1995.25.9) — qiziqchi. Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1959). Tesha qiziq Komilov va Oxunjon qiziq Huzurjonovlarga ergashib, «Sartarosh», «Samolyot», «Ichkilikning oqibati»; «Ashulachining kaltak yeyishi» kulki-xikoyalarni ijro etgan. Hayotiy voqealar asosida oʻzi mustaqil kulkihikoya, latifa va hangomalar toʻqib ijro etgan. Muhiddin qiziq repertuari ni-hoyatda boy boʻlib, u garchi asosan kulki-hikoya, latifa va hangoma janrlarida ijod qilgan boʻlsada, oʻz chiqishlarida ularni birbiriga bogʻlab namoyish etishi tufayli quyidagi dastur-turkumlar yaratgan:

1) oʻz hayoti hamda ustoz qiziqlar hayotidan olingan hangomalarni hikoya qilish;

2) ustoz qiziqlar hayotidan olingan kulkihikoya va latifalarni ijro etish;

3) Abdurayim dovdir va Mamarayim erkak sarguzashtlari;

4) hayotiy voqealardan soʻzlash, latifalar aytish. Har bir turkum qahramoni qiyofasiga bir zumda kira olish, soʻzlarni salmoklab, chertib-chertib aytish, koʻzlari, qoshlarini oʻynatib, qoʻllarni harakatga keltirish, lahzalarda boʻlsada, hikoyada soʻz borayotgan turli qiyofalarda gavdalanish, har safar ajib bir tomosha yaratish Muhiddin qiziq ijodiga xos. «Telefon», «Futbol», «Shaxmat», «Bedana» payrovlarida tortishgan. Askiyani voqeaband qilib qurishga usta boʻlgan («Kelinkuyov», «Shifokor va bemor» payrovlari). 1986-y. da Buvayda tumani madaniyat uyi qoshida «Qahqaxa» guruhini tashkil etgan. 1967-y. xalq ijodiyoti koʻrigi, 1984, 1986, 1988-y. larda askiyachi va qiziqchilarning respublika koʻriktanlovining gʻolibi. Qiziqchilardan Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyev, Bahodir Shokirov, Abdulla Akbarov, Abdurahmon Siddiqovlar Muhiddin qiziqning shogirdlaridir.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x