MUHAMMADJONOV Ato Samigʻiddinovich

MUHAMMADJONOV Ato Samigʻiddinovich (1940.2.9, Dushanba) — Tojikiston xalq artisti (1981). 1958-y. dan Loxutiy nomidagi teatrda ishlaydi. Tojikistonning mashhur filmlari Muhammadjonov nomi bilan bogʻliq. Eng yaxshi rollari: Atham («Olim Atham»), Chol («Cholning hikoyasi»), Klaudio («Hamlet»), Bobojon Gʻofurov («Millat dramasi»), Qirol Lir («Qirol Lir») va b. M. oʻzbek kinosi rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshgan. Ota («Alvido, gʻoʻr yoshligim»), Qozi («Maysaraning ishi»), Amir ibn Mansur («Dax,oning yoshligi»), Rais («Karaxtlik»), Sayidali ota («Buyuk Amir Temur») va b. rollari mashhur. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1983).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x