MUFEL

MUFEL (nem. Myffel) — pechda qizdiriladigan buyumni tashqi muhit yoki yoqilgʻi yonganda ajraladigan gazlar taʼsiridan himoyalaydigan kamera. M. pech ichiga joylashtiriladi. Yonish mahsulotlari Mufel tashqarisida harakatlanadi va issiklik uning devori orqali ichiga oʻtadi. Yonilgʻi (gaz) issiqbardosh quvurlar ichida yonadigan Mufel ham bor. Bunda quvurlar pechning ish boʻshligʻidan oʻtkaziladi. Mufel oʻtga chidamli gʻisht (shamot yoki karborund) dan yoki issiqbardosh metall qotishmalardan yasaladi. Mufel bir tekis qiziydi, kul yoki qurum bilan ifloslanmaydi. Qizdirilayotgan metallni oksidlanishdan saklash uchun Mufel maxsus gaz b-n toʻldiriladi. Mufel kichik detallarni termik, kimyoviytermik ishlash va b. da ishlatiladi. Elektr bilan qizdiriladigan Mufel ham bor. Ichiga Mufel joilashtirilgan pech mufelli pech deb ataladi. Bunday pechlarning ish unumdorligi — 70—600 kg/soat, issiklik sarfi — 5000—7000 kj/g. Kamera ichidagi trani 1300° gacha yetkazish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x