PANAMA

PANAMAPanama Respublikasi poytaxti. Aholisi 669 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Ikdimi subekvatorial, sernam iqlim. Oʻrtacha yillik t-ra 27°. Yillik yogʻin 1500—2000 mm. Panama kanaliga Tinch okean tomondan kiraverishdagi dengiz porti. T. y. va shosse yoʻl orqali Karib dengizi boʻyidagi Kolon porti bilan boglangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sha-har 1519-y. da indeyslarning Panama qishlogʻi yonida ispanlar tomonidan bunyod etilgan. 1903-y. dan mamlakat poytaxti. Panama iqtisodiyoti kanaldagi kema qatnoviga xizmat koʻrsatish va port faoliyati bilan uzviy bogʻliq. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, mebel, sement sanoati korxonalari mavjud. Esdalik buyumlari ishlab chiqariladi. Panama un-ti, Panama akademiyasi va b. akademiyalar, muzeylar, opera va drama teatrlari, konservatoriya va b. bor. 17—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x