MSXETA

MSXETA — Gruziyadagi shahar. Aragvi daryosi Kura daryosiga quyiladigan joyda. Gruziya harbiy yoʻli yoqasida, T. y. stan-siyasi. Aholisi 9,9 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari), «Promsvyaz», taxta tilish, keramika z-dlari, trikotaj f-kasi, oziq-ovqat, mahalliy sanoat korxonalari, Msxeta muzey-qoʻriqxonasi, teatr bor. M. Gruziyaning qad, shaxri. Mil. av. 1ming yillikning 2-yarmida vujudga kelgan. Msxeta 5-a. ning oxirigacha Sharqiy Gruziya davlati — Kartli (Iberiya)ning poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda Msxeta muhim shahar, savdohunarmandchilik va, ayniqsa, diniy markaz boʻlib qoddi. Arxeologik yodgorliklardan Svetisxoveli va Samtavro soborlari (11-a.) mavjud. Jvari ibodatxonasi (6-a oxiri —7 a. boshlari) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x