MOSH

MOSH (Phaseolus aureus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, xitoy va eron kenja turlariga boʻlinadi. Moshning vatani — Jan.gʻarbiy Osiyo, mil. av. 4—3ming yillikda ekila boshlagan. Hozir M. Oʻrta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlarda ekiladi. Oʻq ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, azot toʻplaydigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20—100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda oʻsadi, barglari keng, yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qoʻltiklarida 3—12 ta boʻlib joylashadi, rangi sariq yoki sargʻish-yashil. Mevasi dukkak, ingichka, silindrsimon, uz. 6 — 18 sm, ichida 6—15 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi sariq, yashil va qora; 1000 dona urugʻi vazni 40—80 g. M. issiqsevar, urugʻi 12—15° haroratda 5—7 kunda unib chikali. Maysalari —1°, —2° da nobud boʻladi. Mosh namsevar oʻsimlik. Urugʻining koʻkarib chiqishi uchun vazni barobarida suv berish kerak. Ayniqsa, shonalash davrida suvni koʻp talab qiladi. Soya joylarda yaxshi rivojlanmaydi. Unumdor oʻtloqi tuprokda yaxshi oʻsadi. Asosan, oʻzidan changlanadi. Oʻzbekistonda doni bahorda ekilgani 85—95, yoz oxirida ekilgani 60—65 kunda yetiladi. Hosil dukkaklarining 75—80% pishganda yigʻiladi. Doni tarkibida 24 — 28% oqsil, 46—50% kraxmal, 2—4% moy va vitaminlar bor. M. oziq-ovqatda qoʻllaniladi, oson hazm boʻladi, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Koʻkati chorvachiliqsa toʻyimli ozuqa, poyasidan silos bostirish mumkin.

Oʻzbekistonda Pobeda 104 (1948-y. dan) va Radost (1984-y. dan) navlari ekiladi. Sugʻoriladigan yerlarda gektaridan 10—16, angʻizga ekilganida 8—12 s hosil olinadi.

Kasall iklari : fuzarioz, bakterioz, askoxitoz, sariq mozaika; zararkunandalari: chertmakchi qoʻngʻizlar, yalangʻoch shilliq qurt, dala qandalasi.

Halima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x