PAY — biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. Payning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. Pay shunchalik pishiqki, koʻndalang kesimining 1 mm2 10 kg, chanoqni bel suyagiga biriktirib turadigan Paylar 350 kg, oyoq tagidagi uzun P. lar esa 200 kg cha yuk koʻtara oladi. Bolalar payi juda nozik va egiluvchan boʻlib, yosh ulgʻaygan sari hatto suyaklanib ketadi. Paylar, asosan, boʻgʻim oldida joylashgani uchun turli tomonga harakat qilish imkonini beradi.
Pay larning bir qismi statik funksiyalar (gavdani tik saklash va b.)ni bajarishda ishtirok etadi. Keskin harakat qilganda Payda turli oʻzgarishlar roʻy beradi, unga biror shikast yetishi natijasida Pay haddan tashqari choʻzilib ketganda (q. Pay choʻzilishi), odatda, suyak toʻqimasi b-n birga uziladi. Koʻproq boldir va oyoq panjasi boʻgʻimi Paylari, baʼzan tizza, tirsak boʻgʻimi Pay lari shikastlanadi; bunda shikastlangan boʻgʻim qattiq ogʻriydi, shishadi, harakat qiyinlashadi. Pay shikastlanganda darxrl vrachga murojaat qilish, u kelguncha boʻgʻimni bint b-n siqib bogʻlab boʻgʻimga orom berish, uni qimirlatmaslik kerak.