MORZE APPARATI

MORZE APPARATI — signallarni Morze kodi vositasida uzatuvchi va qabul qiluvchi elektromagnit telegraf apparati. S. Morze 1844-y. yaratgan va amalda qoʻllagan. Tuzilishi oddiy, puxta ishlaydi, lekin signallarni uzatish va kabul kilish tezligi kichik. Morze apparati, asosan, uzatkich (kalit) va kabul qilgichdan iborat (rasmga k,.). Signallarni uzatish uchun kalit K bilan batareya B toki zanjirini Morze kodiga mos holdaulabuziladi. Elektromagnit E dan tok oʻtib, oʻzak yakor Ya ni tortadi. Natijada boʻyoq surtilgan yozuv gʻaptagi (PK) lentaga tegib, unda uzunqisqa iz qoldiradi. Lentani soat me-xanizmi uzluksiz surib turadi. Lentaning tezligi 160—180 sm/ min, boʻlishi mumkin. Morze apparati vositasida soatiga 950 — 1100 soʻzni 5 mm li poʻlat sim orqali 500 km gacha uzatish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x