MORASTEL

MORASTEL, Monastel — vinobop kechpishar uzum navi. Vatani — Ispaniya. Fransiyaning jan. va Italiyada oʻstiriladi. 1890—1900-y. larda Qrimga keltirilgan. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonda r-nlashtirilgan. Bargidiam. 15—16 sm, kertikli, toʻq yashil, orqa tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. 15—20-mayda gullaydi, iyul oxirida pishadi. Uzum boshi 175—200 g, silindrsimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, toʻq zangori, usti mumgʻubor bilan qoplangan, poʻsti oʻrtacha qalinlikda, eti sersuv, shirin. Faol harorat yigʻindisi 3100 — 3200° boʻlganda 140—150 kunda pishadi. Tarkibida 30% gacha qand bor. Hosildorligi 100—150 s/ga. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida ekiladi. Uzumidan qizil portveyn va kagor desert vinolari tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x