MORAVIYA

MORAVIYA (Morava) — Chexiyada shu nom bilan atalgan tarixiy viloyat va dastlabki davlatning nomi. Qad. aqolisi — keltlar. Mil. 3—4-a. larda buyerga slavyanlar (moravanlar va b.) kelib joylashganlar. 623—658-y. larda Samo davlati, 9—10-a. larda Buyuk Moraviya davlati tarkibida, 1029-y. dan Prjemislovichlar mulki. 1526—1918-y. larda Gabsburglar qoʻl ostida. 1918-y. dan Chexoslovakiya Respublikasi tarkibida. 1938—39 y. larda Germaniya tomonidan bosib olinib, «Bogemiya va Moraviya protektorati»ga kiritilgan. 1945-y. apr. —mayda ozod qilingandan soʻng Chexoslovakiya (Chexiya) tarkibiga kirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x