MONTEVERDI

MONTEVERDI (Monteverdi) Klaudio Jovanni Antonio (taxm. 1567.15.5, Kremona — 1643.29.11, Venetsiya) — italyan kompozitori. Opera janrining ilk klassik namunalarini yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan. Mantuya va Venetsiya sh. larida xonanda, sozanda, kapella boshligʻi sifatida xizmat qilgan. Fransiya va b. Yevropa mamlakatlarida ijodiy safarlarda boʻlgan. Asosan, polifoniya uslubida vokal va xor asarlarini ijod qilib, madrigal janri ustasi sifatida shuhrat qozongan. 1587—1638-y. larda nashr ettirgan madrigallarining 8 ta toʻplamida yangi, «hayajonli» musiqiydramatik uslubni yaratgan. Unda nutkdosh ohanglarning ifodaviyligi, ariyalarning kuychanligi, ansambl shakllarining rivojlanganligi, orkestr joʻrligining boyligi oʻzaro qorishib ketgan. «Orfey» (1607), «Poppeyagatoj kiygizish» (1642) operalari mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x