MONYUSHKO

MONYUSHKO (Moniuszko) Stanislav (1819.5.5, Minsk yaqinidagi Ubel qishlogʻi — 1872.4.6, Varshava) — polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Vilnyus (1840 — 58), Varshava (1858-y. dan) opera teatrlarida dirijyor, Varshava konservatoriyasida prof. (1864-y. dan). Birinchi milliy opera («Galka», 1848), mumtoz kamer vokal asarlari (400 dan ortiq qoʻshiq, romans va b.), bir nechta vodevil va operetta, 6 messa, rekviyem, kantatalar, simfonik asarlar muallifi. Musiqa uslubi ifodaviy vositalarning xalqchilligi, mavzularning kuychanligi, lirik kayfiyatga boyligi, folklor ohanglaridan keng foydalanganligi, sahna asarlari esa musiqiy obrazlarning yorqinligi, dramaturgik mahorati bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x