MONTAJ

MONTAJ (frans. monter — koʻtarmoq) — 1) apparatlar, asboblar, bi-nolar, inshootlar, jihozlar, mashinalar va b. qurilmalarni tayyor detallar, qismlar va elementlardan yigʻish, toʻplash. Quril i shda — bino va inshootlarni yirik panellar, bloklar va plitalardan yigʻish. Montajda koʻtarish kranlari, payvandlash qurilmalari, turli moslamalar va asboblardan foydalaniladi. Radioelektron i kada — radioelektron apparatlar (radiopriyomnik, magnitofon, televizor va b.) ni ayrim elementlar, elektr izolyatsiya detallari, simlar, platalar, tranzistorlar va b. dan yigʻish. Bunda kavsharlash, payvandlash, ulash ishlari asosan avtomatlashtiriladi. Mikrominiatyur elektr va radioelementlarning paydo boʻlishi Montaj ishlarini ancha osonlashtiradi, sifatini oshiradi, butun jarayonni toʻliq avtomatlashtirishga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x