MOLOTOV

MOLOTOV (Skryabin) Vyacheslav Mixaylovich (1890.25.2, Kirov viloyati Nomensk sh. — 1986.8.11, Moskva) — SSSR siyosiy arbobi, Oktyabr toʻntarishini amalga oshirishda faollik qilgan. 1918-y. dan partiya va sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: 192157-y. larda partiya MK aʼzosi; Ukraina (KPb) MK kotibi (1920-21), (VKPb) SSSR XKS raisi, 1941-57 y. larda SSSR XKS (MS) ra-isining 1-oʻrinbosari, ayni vaqtda 1941—45 y. larda Davlat mudofaa komiteti raisi oʻrinbosari. 1939—49 va 1953—56 y. larda SSSR tashqi ishlar xalq komissari, tashki ishlar vaziri. 1957-y. dan Mongoliyada elchi. I. V. Stalinning yaqin safdoshlaridan biri. Molotov 20-a. ning 30—50-y. larining boshidagi ommaviy qatagʻonlarning faol tashkilotchilaridan hisoblanadi. 50-y. lar oʻrtalarida Stalin shaxsiga sigʻinishning tanqidiga qarshi chikdi. 1962-y. dan keyin siyosiy faoliyatini toʻxtatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x