MOLIBDENLASH

MOLIBDENLASH — metall buyumlar sirtiga molibden yugurtirish. Molibdenlash usuli poʻlat, titan, niobiy va b. metall buyumlar uchun qoʻllanadi. Ushbu usullari bor:

1) molibden yoki ferromolibden kukuni bilan vodorod oqimida (200— 1000°da) M;

2) gaz mu-hitida Molibdenlash: a) molibden yoki ferromolibden ishtirokida vodorod va xlorat kislota oqimida (gaz aralashmasi 300 — 400° da hosil boʻladi, 800—1000° S da buyumda molibden ajraladi); b) molibden pentaxlorid (MoS15) orqali oʻtadigan vodorod oqimida (300° da); v) molibden geksakarbonal [Mo(Co)J buglari bilan vodorod yoki argon aralashmasida (250 – 850°da) Molibdenlash ;

3) suyuq muhitda Molibdenlash: a) natriy molibdat (Na2 MoO4) eritmasi solingan vannada elektroliz b-n M. ; b) shu vanna orqali vodorod yoki dissotsilangan ammiak oʻtkazish yoʻli bilan Na2MoO4 dan molibdenni kaytarish. Molibdenlash natijasida buyum qattiklashadi, sirti mustahkamlanadi, azot kislotasiga chidamliligi oshadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x