Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi

Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘lim jazosi joriy etildi. Mamlakat bunday jinoyatlar sonining ortishi munosabati bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazolarni kuchaytirmoqda.

Bu haqda Daryo.uz nashri Korea Herald ma’lumotiga tayanib yozmoqda.
Milliy assambleyaning yalpi majlisida hokimiyat bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, o‘ldirish niyatida bo‘lmagan taqdirda ham bolalarga zo‘ravonlik qilganlar qotillik sodir etganlik uchun aybdor deb topiladi. Mazkur tuzatish o‘gay ota-onasi yomon munosabatda bo‘lgani tufayli vafot etgan 16 oylik qizning nomi bilan Jeong-in Act (“Chon In qonuni”) deb ataldi.
Qayta ko‘rib chiqilgan qonunga muvofiq, bolalarga nisbatan beixtiyor o‘limga olib keluvchi kuch ishlatgan shaxslargan yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, umrbod qamoq jazosi yoki o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.
Ta’kidlash joiz, yalpi majlisda qatnashgan 254 deputatdan 252 nafari qonunni qabul qilish uchun ovoz berdi, bir nafar deputat qarshi chiqdi va bittasi betaraf qoldi.
“Chon In bilan yuz bergan shu singari fojiali holatlarni aybdorga nisbatan shunchaki qattiqroq jazo berish bilan hal etib bo‘lmaydi. Jinoyatchilar qilmishining oqibatlarini bilsa ham, jinoyat qilaveradi”, — dedi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga qarshi ovoz bergan muxolifat partiyasi a’zosi Kim Un.
Nashrning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi xabarlar soni yildan yilga o‘sib bormoqda — 2015-yilda 11 mingdan 2019-yilda 30 minggacha yetgan.
Yalpi majlisda, shuningdek, o‘spirinlarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni og‘irlashtiradigan bir nechta qonun loyihalari qabul qilindi. “Yoshlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish o‘spirinlardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 30 million von (26 720,37 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishni nazarda tutadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x