MOLIBDEN RUDALARI

MOLIBDEN RUDALARI — tarkibidagi Mo mikdori sanoat yoʻli bilan ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Yirik konlardagi rudalarda Mo ning oʻrtacha mikdori 0,06— 0,3%, maydaroq konlarda esa 0,5—1%. Boshka rudalardan esa yoʻldosh komponent sifatida ajralib olinadi. Molibden rudalari endogen va ekzogen sharoitlarda hosil boʻladi. Endogen yoʻl bilan hosil boʻlgan rudalar skarnli, greyzenli va gidrotermal guruh konlar bilan bogʻliq. Asosiy mineral rudasi molibdenit (MoS2) boʻlib, unda Mo mikdori 60% ni tashkil qiladi. Molibden rudalarida Mo bilan turli nisbatlarda Si, W, ozroq mikdorda Bi, Be, Sn uchraydi; bundan tashqari, molibdenitda Re doimiy mavjud. Molibden rudalari hududiy va genetik jihatdan intruziv jinslar (mismolibdenli turi monotsit, granodiorit, granosiyenitlar; monometall molibdenli turi biotitshox aldamchili granitlar; volframmolibdenlisi leykokrat kamroq ishqorli granitlar) bilan bogʻliq. Ekzogen Molibden rudalari esa baʼzan koʻmir qatlamlarida gil, kremniyli slaneslarda, shunin-gdek, qattiq neft bitumlarida uchraydi. Ulardagi Mo organik moddalar bilan uzviy bogʻliq boʻlib, Y, U, Ge bilan bir assotsiatsiyada boʻladi. Bu konlarda Mo juda oz miqdorni tashkil etadi. Molibden rudalarining asosiy qismi yirik skarnli va shtokverli konlardan qazib olinadi. Molibden rudalari boyitilib, tarkibida 51% gacha boʻlgan konsentrat olish mumkin. Molibden rudalarining yirik konlari Oʻzbekistonda (Olmaliq, Qoramozor, Zirabuloq-Ziyovuddin, Nurota), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Chili, Meksika, Xitoy, Avstraliya va b. mamlakatlarda mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x