MOLIYA RESURSLARI

MOLIYA RESURSLARI — iqtisodiy subyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni i. ch. va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi.

Hoz. davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tashkil topadigan soliqtizimini qoʻllaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va oʻz vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablagʻlaridir. Firma yoki korxona M. r. yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aksiyalarini sotishdan kelgan mablagʻ x. isobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara xaki, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi. Xonadondagi Moliya resurslari, asosan, isteʼmol va jamgʻarish uchun ajratiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x