MOJAYSKIY Aleksandr Fyodorovich

MOJAYSKIY Aleksandr Fyodorovich (1825, Finlyandiya — 1890, Peterburg) — uchish apparatlari yaratish sohasidagi tadqiqotchi va ixtirochi. Peterburg (Rossiya) dagi Dengiz kadet korpusini tugatgan (1841), xarbiydengiz flotida xizmat qilgan (1841—62, 1879 — 82). Generalmayor unvonida isteʼfoga chiqqan (1882, 1886-y. dan kontr-admiral). Mojayskiy havodan ogʻir uchish apparati (samolyot) yaratish borasida nazariy va amaliy ishlar bilan shugʻullangan, 1876-y. oʻz modellarining uchishini namoy-ish qilgan. Oʻzi yasagan samolyot («havoda uchuvchi snaryad») ga patent olgan (1881). Samolyotga ikki (biri 20 o. k. ga, ikkinchisi 10 o. k. ga ega boʻlgan) bugʻ mashinasi oʻrnatgan. Mojayskiy samolyotida hoz. samolyotlarning besh asosiy qismi: tana (korpus), qanot, kuch qurilmasi (dvigateli), quyruq qanot va shassi boʻlgan. Samolyotning uchganligi toʻgʻrisida rasmiy hujjatlar saqlanmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x