MODDIY RESURSLAR

MODDIY RESURSLARiqtisodiyot taraqqiyoti va i. ch. jarayoni uchun zarur boʻlgan moddiy-ashyoviy neʼmatlar yigʻindisi, moddiy-ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslar. M. r. ga tabiiy boyliklar, materiallar, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar, asbob-uskuna va qurilmalar kiradi. Moddiy resurslar ishlab chiqarishning buyumlashgan yoki moddiy omilini tashkil qiladi.

Moddiy resurslar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi, maʼlum mahsulot turini yaratiщda oʻzining dastlabki koʻrinishini oʻzgartirib, i. ch. yoki shaxsiy isteʼmol uchun yarokdi boʻlgan mahsulot koʻrinishini oladi. Moddiy resurslar mavjudligi jihatidan 2 ga boʻlinadi: amalda ishlatilayotgan Moddiy resurslar (mas, tabiiy boyliklar M. r. sifatida hisobga olinishi, qazib olinib, qayta ishlanishi va tayyor mahsulotga yoki xom ashyoga aylantirilishi); ishlatilishi kelajaqda koʻzda tutilgan Moddiy resurslar

Moddiy resurslar bir mamlakat doirasida tarkiban har xil mikdor va darajada boʻlishi mumkin. Ular Yer yuzida tekis taqsimlanmagan va cheklangan mikdorda mavjud. Moddiy resurslarning kamyobligi umumiy hodisa. Yer osti va yer usti boyliklarining cheklanganligi energiya resurslarining yetishmasligida oʻz aksini topali. Mas, keyingi 100 yil ichida Yer kurrasida aholi soni qariyb 3-martaga oshdi, lekin moddiy zaxiralar koʻpaygani yoʻq.

Moddiy resurslar cheklangani bois ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, Moddiy resurslarni ishlatishda noanʼanaviy yoʻllarni qoʻllash, fantexnika taraqqiyoti natijalaridan unumli foydalanib, tejamkor texnologiyalarni yaratish va qoʻllash muhim ahamiyatga ega.

Rustam Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x