MUXAMMAS

MUXAMMAS (musiqada) –

1) Oʻrta asr Sharq musiqa nazariyasida iyqo davra (usul)laridan biri;

2) Shashmakrm va Xorazm maqomlari turkumlarining cholgʻu boʻlimlaridan oʻrin olgan asosiy qismlardan biri. Muxammas larning doyra usuli davomli va murakkab boʻlib, 2/4 yoki 4/4 oʻlchovida 16 taktni tashkil etadi. Shashmaqom tarkibida 16 Muxammas, Xorazm maqomlari tarkibida 10 Muxammas mavjud. Barcha Muxammas larda bozgoʻy va xonalar hajmi teng keladi. Usuli 5 ritmik boʻlaklardan tashkil topgani uchun (mas, Xorazmda 4+3+2+3+4) Muxammas nomini olgan boʻlsa kerak. Kompozitor M. Mahmudov anʼanaviy musiqa ijodiyoti qonuniyatlaridan unumli foydalanib kamer orkestr uchun 2 qismli «Muxammas va Ufar» 1, 2, 3 asarlarini yaratdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x