MOHONDARYO

MOHONDARYOBuxoro viloyatidagi quruq oʻzan. Uz. 58 km (kum bosgan sorili bilan hisoblaganda 150 km), eni 25 — 250 m. Zarafshon daryosi qadimda shu oʻzandan oqib, Amudaryoga quyilgan. M. Yakkatut qishlogʻidan boshlanib, shim,-gʻarbiy, soʻng jan.-gʻarbiy yoʻnalishda davom etgan va Chuqurkoʻl, Mohonkoʻl, Oʻrtakoʻl va Chandirkoʻllarni hosil qilgan. Mohonkoʻldan soʻng ikkiga boʻlinib, shim. dagisi Mohondaryo va jan. dagisi Gujayli (Bu joyli) yoki Gurdush deb atalgan. Shim. tarmoq, oʻz navbatida, ikkiga ajralib yana bir qancha mayda koʻllardan oʻtib, Chorjoʻy (hoz. Turkmanobod) sh. dan 100 km kuyida Amudaryo bilan tutashgan.

1950—64-y. larda akad. Ya. Gʻ. Gʻulomov rahbarligida arxeologik ekspeditsiya M. vodiysida tekshirishlar olib bordi. 1960—61 va 63 y. larda Mohondaryo boʻylab Loʻhlikoʻl, Echkiqiron, Kichiktuzkon va Kattatuzkon koʻllari atrofida 4—3 ming yillikka oid 40 dan ortiq neolit davri makonlarining qoldiklari, shuningdek, Zamonbobo va Kichiktuzkon atrofida mil. av. 2-ming yillikka taalluqli 20 dan ortiq jez davri yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologi k tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha mil. av. 4—3ming yilliklarda Mohondaryo va Gujayli oʻzanlari orqali Zarafshon daryosining oqimi uzluksiz ravishda Amudaryoga quyilib turgan. Mil. av. 2-ming yillik boshlarida Mohondaryoning oqimi susayib, quyi qismi suvsizlikdan qurib qolgan va Zarafshon Amudaryoga quyilishdan toʻxtagan. Ammo uning yuqori qismiga suv kelib turgan. Zarafshon daryosidan yirik sugʻorish kanallari chiqarilib, daryo suvining ekin dalalariga taralishi natijasida qad. Mohondaryo tamoman suvsizlikdan qurib qolgan.

Ad. h Muqammadjonov A. R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (qadim davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x