MOʻYTAN

MOʻYTAN, moʻytin — oʻzbek, boshqird va qoraqalpoq xalqari tarkibidagi qabila, urugʻ nomi. Qadimdan Orol dengizi boʻylarida yashab, dehqonchilik va baliqchilik bilan shugʻullangan. 19a. oʻrtalarida qoraqalpoq Moʻytan lari 276 xoʻjalik boʻlib, Xiva xonligiga 265 tilla soliqtoʻlagan, 54 navkar, 162 qazuvchi berganlar. Oʻzbek Moʻytan larining koʻpchiligi 19-a. ning oxiri va 20-a. ning boshlarida Zarafshonning oʻrta oqimida yashagan. 1920-y. da Samarqand viloyatida Moʻytan lardan 7 mingga yaqin kishi roʻyxatga olingan. Ishtixon, Nurota, Bulungʻur tumanlarida, ozroq qismi Karmana atroflarida hamda Qashqadaryoning quyi oqimlarida yashagan. Zarafshon vodiysida yashovchi Moʻytan larning bir qismi oʻtroq oʻzbeklarga aralashib, oʻz urugʻ nomlarini unutganlar. Ad.: Materialы Vserossiyskoy perepisi, vыp. 5, ch. 1, T., 1923; Materialы po rayonirovaniyu Sredney Azii, kn. 1. ch. 1. Buxara — T., 1926.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x