MOʻMINOV Vafo Arabovich

MOʻMINOV Vafo Arabovich (1927. 12.12, Shofirkon tumani — 1989.11.9, Buxoro) — fizik olim, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), fizikamat, fanlari d-ri (1979), prof. (1981). SamDUni tugatgan (1948). SamDUda (1948—50), Fargʻona pedagogika in-tida (1951—57) pedagog. Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida ilmiy xodim (1957—69), direktor oʻrinbosari (1969—79), Buxoro pedagogika in-ti rektori (1979—86) va umumiy fizika kafedrasi mudiri (1986—89). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasiga oid. Uning raxbarligida Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tidagi U-150 siklotron bazasida tezlashtirilgan zaryadli zarralar dastasi yordamida moddalarning element tarkibini taxlil qilish uchun noyob ilmiy uskunalar va uslublar kompleksi yaratildi va katta hajmdagi tahliliy tadqiqotlar olib borildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x