MIYONCHI

MIYONCHI — oʻtmishda oʻzaro nizolashib qolgan kishilar oʻrtasiga tushib, yarashtirib qoʻyuvchi shaxs. M., koʻpincha, nufuzli din arboblaridan boʻlgan. Maye., 1485-y. temuriylardan Sulton Ahmad (Samarqand hokimi) va Umar-shayx (Boburning otasi — Fargʻona hokimi) Toshkent va Shohruxiyani talashib urush boshlaganlarida, Xoja Ubaydullo Ahror ular oʻrtasida Miyonchi boʻlgan. Fiqh (diniy huquq) ilmida «miyoncha shariat» lavozimi (xolis sudya) ham boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x