MIXXAT

MIXXAT — qadimda Old Osiyoda qoʻllangan, mix yoki ponachalarga oʻxshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga oʻyib tushirishdan iborat ideografii yozuv turi, mil. av. 3ming yillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, mas, oyoq tasviri «yurish», «turish», «olib ketish» maʼ-nolarini anglatgan. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer M. i dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda — chapdan oʻngga qarab yozilgan. Mil. av. 3ming yillikning oʻrtalarida Mixxatning soʻz-boʻgʻinli shakli paydo boʻlgan, belgilar mikdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm-belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer Mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan oʻzlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan Mixxat keyinchalik, mil. av. 2 — 1 ming yilliklar davrida bir qancha qoʻshni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qad. fors va b.)ga moslashtirilgan holda qoʻllana boshlagan. Bu davrda Mixxatlar harftovushboʻgʻin yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oxirlarida Mixxatlar oʻrnini oromiy yoʻzuvi egallagan.

Mixxatda bitilgan juda koʻp yodgorliklar — tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, ogʻzaki ijod namunalari, lugʻatlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan. Turli xalqlarga mansub Mixxatlarni oʻrganish, deshifrovkalash 19-a. dan, aniqrogʻi, 1802-y. dan boshlanib, 20-a. ning oʻrtalarigacha davom etgan. Nemis, fransuz, ingliz, chex, rus olimlari Mixxatlarni deshifrovkalashda faol ishtirok etib, bu sohada koʻplab i. t. lar olib borganlar.

Ad.: Fridrix I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x