MIKDOR

MIKDOR, kattalik (matematika da) — asosiy matematik tushuncha; kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashmasi. Bular skalyar M. lar deb ataladi. Bir xil skalyar Mikdorlarni oʻzaro taqqoslash uchun oʻlchov birligi tanlab olinadi (mas, uzunlikni ifodalovchi Mikdorlar uchun metr, massani ifodalovchi Mikdorlar uchun gramm va b.). M. lar oʻlchov birligiga nisbatan son bilan ifodalanadi. Mat. da Mikdorning fizik tabiatiga bogʻliq boʻlmagan xususiyatlari olinadi. Mikdorlar uchun tenglik, tengsizlik (katta, kichik), qoʻshish, ayirish va b. munosabatlar aniqlanadi. Maʼlum yoʻnalishdagi kesma, tezlik, kuch va b. tushunchalar vektor M. tushunchasiga olib keladi. Geometriya, mexanika va b. sohalarda vektorlardan ham umumiyroq boʻlgan tenzor, kvaternion tushunchalari qoʻllaniladi. R. Dekart mat. ga izchil ravishda oʻzgaruvchi M. tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha mat. taraqqi-yotida, jumladan, differensial va integral hisob yaratilishida muxim rol oʻy naydi (q. Differensial hisob, Integral hisob). M. baʼzi hrllarda qiymat deb yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x