MIRZO OLIM TOSHKANDIY

MIRZO OLIM TOSHKANDIY ibn Mirza Rahim, Mushrif (19-a.) — tarixchi olim, shoir. Qoʻqon xonlari Xudoyorxon va Mallaxon saroylarida mushrif (nazoratchi) vazifasida ishlagan. 19-a. oxirida yozgan «Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin» («Sultonlar shajarasi va xoqonlar tarixi») asari bilan mashhur. Asar Fargʻonaning 15—19-a. lar orasidagi tarixini oʻz ichiga oladi. Muallif, ayniqsa, Koʻqon xonliginit soʻnggi davri —1842—76 y. lar tarixini keng yoritgan. Asarda Qoʻqon adabiy muhiti batafsil tasvirlangan. Mazkur asar boʻyicha dastlabki maʼlumotni Validiy keltirib, 1913-y. da uni Qoʻqonda Yunusjon dodxoh kutubxonasida koʻrganligini yozgan. Bir nechta qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Oʻzbek va tojik tillarida «Mushrif» taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.

Ac: Qoʻqon xonligi tarixi (Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin), T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x