MIRMUHSIN

MIRMUHSIN Mirsaidov (1921.3.5, Toshkent) — shoir va yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970). Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1942). Respublika radioqoʻmitasida muharrir (1944—46), Uzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1947—61), «Kizil Uzbekiston» gaz. da boʻlim mudiri (1961—63), «Sharq yulduzi» (1950-60, 1972-81), «Mushtum» (196371), «Guliston» (1982-94) jur. larining bosh muharriri. Dastlab shoir sifatida tanilgan. Ilk dostoni «Qamar» 1938-y. danashr etilgan. «Vafo» (1944), «Kdsrdon doʻstlar» (1948), «Fargʻona» (1951), «Vatandoshlar» (1952), «Irmoqlar» (1959), «Qalb va falsafa» (1960), «Sheʼrlar» (1964) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. «Usta Gʻiyos» (1946), «Doʻnan», «Yashil qishloq» (1948), «Shirok.» (1969), «Nevara», «Avesto» (1970) kabi dostonlarida zamondoshlarimiz va tarixiy qahramonlar siymosi chizilgan. Birinchi oʻzbek sheʼriy romani «Ziyod va Adiba» (1954) Mirmuhsin qalamiga mansub. Sheʼr va dostonlari obraz, tasviriy vositalari hamda tili jihatidan sodda va ravonligi, hayotiyligi bilan ajralib turadi. Ilk nasriy qissasi «Jamila» 1956-y. da eʼlon qilingan. «Oq marmar» (1957), «Choʻri» (1962), «Tungi chaqmoqlar» (1964) qissalari tarixiy mavzuda, «Arab hikoyalari» (1960), «Chodrali ayol» (1979) qissalari xorijiy mamlakatLarga safar taassurotlari asosida yaratilgan. Qissalarida zulmistibdodga qarshi kurashgan mard, olijanob, jasur qahramonlar siymosi tasvirlangan. Mirmuhsinning «Chiniqish» (1969), «Degrez oʻgʻli» (1972), «Chotqol yoʻlbarsi» (1977) romanlari oʻzbek ishchilarining hayoti va mehnatiga bagʻishlangan. «Umid» (1969) romanida ilm kishilari, paxtashunos olimlarning zahmatli izlanishlari va kurashi turli ziddiyatlar, murakkab toʻqnashuvlar vositasida hayotiy gavdalantirilgan. Mirmuhsin romanlaridagi Alijon, Umid, Hafiza, Arslon, Subhiya kabi obrazlar badiiy psixologizmi, sodda va samimiy, hayotiy boʻyoklarda chizilganligi, olijanobligi bilan ajralib turadi. Mirmuhsin ijodida tarixiy mavzu muhim oʻrin egallagan. «Meʼmor» (1974) romanida Temuriylar davri meʼmorligi anʼanalari, isteʼdodli meʼmorsanʼatkor Najmiddin Buxoriyning fojiali qismati yoritilgan. «Temur Malik» (1986) romanida moʻgʻul bosqinchilariga qarshi mardona kurashgan buyuk qahramonlar — sarkarda Temur Malik va sulton Jaloliddin Manguberdilarning jangovar obrazlari yorqin aks etgirilgan. Mirmuhsinning «Ildizlar va yaproqlar» (1982), «Ilon uchi» (1995), «Turon malikasi» (1997) romanlari ham bor. M. bolalar uchun xam koʻplab sheʼr va dostonlar, hikoyalar yaratgan («Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Lukmon va Oʻroqboy» va b.). Asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974), «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Saylanma [4 j. li], T., 1981-85; Ad.: Nasriddinov F., Mirmuhsin, T., 1972; Normatov U., Abdullayev O., Ijodning qoʻsh qanoti, T., 1981.

Ortiqboy Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x