MIRZAYEV Mustaqim Mirzayevich

MIRZAYEV Mustaqim Mirzayevich (1912 — Buxoro — 1990.21.10) — tilshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Filol. fanlari d-ri (1965), prof. (1966). Buxoro ped. in-tini tugatgan (1939). Oʻsha yildan in-tning oʻzbek tili kafedrasi oʻqituvchisi, kafedra mudiri (1944). Mirzayev hoz. oʻzbek tili va uni oʻqitish metodikasi, leksikologiya, dialektologiya, oʻzbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi masalalari b-n shugʻullangan. «Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Mashklar toʻplami» (1958,1963, 1968), «Oʻzbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi» (hamkorlikda, 1965), «Oʻzbek tili» (hamkorlikda, 1970) kabi asarlar muallifi.

As: Gapda soʻzlar tartibi, T., 1955; Oʻzbek tilining Buxoro gruppa shevalari, T., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x