MIRZACHOʻL TAJRIBA DALASI

MIRZACHOʻL TAJRIBA DALASI — Turkistondagi dastlabki i. t. muassasalaridan biri; bevosita dala sharoitida q. x. ekinlari bilan dala tajribalari oʻtkazilgan. Mirzachoʻldagi sobiq Spasskiy posyolkasi (hoz. Guliston sh. hududi)da joylashgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda katta rol oʻynagan. 1900-y. da «Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati» tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1914-y. riba st-yasi, 2 dala uchastkasi (umumiy mayd. 260 ga dan oshiq) boʻlgan. Styada shoʻrxok yerlar (1912), tajriba dalasi (1914), seleksiya (1914) va entomologiya (1915) boʻlimlari tashkil etilgan, shuningdek, seyalka, plug va b. ni ijaraga beradigan punkti boʻlgan.

Almashlab ekish va shoʻrxok yerlarga ishlov berishning yangi samarali usullarini targab etish maqsadida st-ya qoshida namunali xoʻjalik (mayd. 11 ga), shuningdek, mevali daraxtlar va poliz ekinlari boʻyicha tajriba uchastkasi tashkil etilgan. Bu muassasada chorvachilik boʻyicha ham tajribalar oʻtkazilgan. St-yada G. S. Zaysev (seleksiya boʻlimi mudiri), M. M. Bushuyev (tajriba dala mudiri), N. A. Dimo, L. P. Rozov, N. I. Kurbatov, B. S. Konkov va b. olimlar ishlagan. 1925-y. da tajriba st-yasining nomi Markaziy tajriba-meliorativ st-yasi deb oʻzgartirildi. U 1930-y. gacha Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-ti, 1936-y. dan SoyuzNIXI, 1991-y. dan Oʻzbekiston paxtachilik i. t. in-ti tarkibida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x