MIRZAYEV Mahmud Mirzayevich

MIRZAYEV Mahmud Mirzayevich (1921. 15.7 — Toshkent — 2000.2.8) — bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi olim, qishloq xoʻjaligi i. ch. tashkilotchisi. VASXNIL (1983), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA akad. (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), Mehnat Qaqramoni (1971), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1964), q. x. fanlari d-ri (1975). Toshkent qishloq xujaligi in-tini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Yer ishlari xalq komissarligida katta agronom (1943— 45), Toshkent viloyatidagi «Qibray» bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaligida bosh agranom, direktor (1945-49). 1949-y. dan akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutы direktori. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrin-bosari (1951— 52), vaziri (1962—64). Mirzayevning ilmiy va amaliy faoliyati meva daraxtlari va toklar biol. si va agrotexnikasi, togʻ va togʻ – oldi zonalarida bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, ixtisoslashgan maxsus uzumchilik xoʻjaliklari tashkil etish, mevali daraxtlar, toklarning shoʻrxok, shagʻalli va qumloq yerlarda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va b. ga bagʻishlangan. Seleksiya, navlarni oʻrganish asosida olmaning Nafis, uzumning Shreder chillakisi, qulupnayning Oʻzbekiston va b. navlarini yaratishda ishtirok etgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputata (1990-95). «Doʻstlik» (1994), «El-yurt qurmati» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Boщorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-ti markaziy xiyobonida byusti oʻrnatilgan (2001).

As: Osnovnыye problemы gornogo vinogradarstva, T., 1972; Oʻzbekistonda tokchilik (hammualliflikda), T., 1979; Oʻzbekistonda bogʻdorchilik, T., 1980; Vinogradarstvo predgorno-gornoy zonы.,T., 1980; Gornoye sadovodstvo Uzbekistana, T., 1982; Kultura abrikosa v Uzbekistane, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x