MAHMUD GʻIJDUVONIY

MAHMUD GʻIJDUVONIY, Joni Mahmud ibn Shayx Ali ibn Imomiddin al-Gʻijduvoniy (16-a.) — buxorolik sayyoh, geograf, va tarixchi olim. Yoshligidan ustozlari — Shayx Kamoliddin Husayn Xorazmiy va Shayx Hoji Muhammad al-Xabushoniy sayohatlarida qatnashgan, soʻngra Turon va Eron oraligʻida oʻzi sayohat qilgan. Bu sayohatlar natijasida «Miftoh uttolibin» («Ilm toliblarining kaliti») asarini yozgan (1543). Asarda 16a. boshlarida Buxoro, Samarqand, Xiva, Marv, Mashhad, Hirot, Niso sh. lari, oʻsha davrdagi tarixiy voqealar, urf-odatlar, yirik shaxslar va b. toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. M. Gʻ. Xazar (Kaspiy) dengizining sharqidagi eng yirik port — Manqishloq bandargohiga ham tez-tez borib turgan. Bu portga Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan savdogarlar kelib turgan. Mahmud Gʻijduvoniy asarini 19-a. da Oga-hiy fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ad.: Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x