MIRZADAVLAT

MIRZADAVLAT — turkumli oʻzbek cholgʻu kuyi. Ayrim maʼlumotlarga kura, fargonalik sozanda va bastakor Mirzadavlat (taxm. 19-a. 2-yarmi — 20-a. boshlari) tomonidan yaratilgan. Mirzadavlat 2 qismdan iborat boʻlib, «Buzruk» maqomi yoʻllariga ohangdosh «ML» kuyi vazmin surʼatda, tantanavor kayfiyatda boʻlib, soqiynoma usuli joʻrligida keladi. «Mirzadavlat P» harakatchan surʼatda, qashqarcha usuli asosida rivoj topadi. «Mirzadavlat» avjlarida Muhayyari Chorgoh va Ushshoq namudlariga oʻxshash ohanglar, shuningdek, usulsiz, badiha uslubda bayon etilgan parchalar mavjud. «Mirzadavlat» yakka sozlar (tanbur, dutor, gijjak va b.)da, shuningdek milliy cholgʻu ansambllarida ijro etiladi. 1920-y. larda «Mirzadavlat P» ku-yiga soʻz bogʻlash yoʻli bilan qoʻshiqqa aylantirilib, «Koʻk koʻylak» guruhi tomonidan ijro etilgan. «Mirzadavlat» kuylaridan V. Zolotaryov, D. Zokirov, B. Giyen-ko va b. orkestr asarlarida foydalanishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x