MIROQILOV

MIROQILOV Mirshohid (1899, Qoʻqon — 1959.21.10, Toshkent) — oʻzbek teatrining atoqli aktyori, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Ijodiy faoliyatini 1915-y. da boshlagan. Dastlab akalari Mirhamid va Mirzohid b-n Abdulla Avloniy raxbarligidagi «Turon» truppasining (Toshkentdan Qoʻqonga borib koʻrsatgan) spektakllarida qatnashgan. Keyinchalik Xamza bilan birga Qoʻqonda teatr tashkilotchisi va rahbari (1918—25). Bu yerda «Yoriltosh» (P. Moʻmin), «Uylanish» (N. Gogol), «Boy ila xizmatchi» (Hamza) kabi asarlarni sahnalashtirgan.1925 — 27 y. larda Samarqanddagi Markaziy namuna truppasida direktor va aktyor. 1927-y. da Qoʻqonda yangi teatr tashkil etgan. 1929— 59 y. lar Toshkentdagi Xamza teatri aktyori. Miroqilov Respublika komediya teatri (hoz. Muqimiy meampu) tashkilotchilaridan. Teatr Miroqilov sahnalashtirgan «Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli bilan ochilgan. Miroqilov ilk bor «Turkiston tabibi» (M. Uygʻur) komediyasidagi Eshimqul roli bilan tanilgan (1920). U xalq qiziqchilari anʼanalarini yangi teatr uslubi bilan bogʻlagan. Miroqilov oʻz ijrosida taklid, mimikaga katta oʻrin bergan, xatti-harakatlarini bir oz boʻrttirgan, soʻzlarni donadona talaffuz qilgan, kichkina rolda boʻlsada, har tomonlama hayotiy, toʻlaqonli obraz yaratgan. «Kichik rollar» ustasi, komik aktyor sifatida mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Akbarali, Hasan ellikboshi, Mulladoʻst (Hamza, «Tuhmatchilar jazosi»,«Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi»), Goʻrkov (U. Shekspir, «Hamlet»), Mamarasul (Uygʻun, «Kaltis hazil»), Bobchinskiy (N. Gogol, «Revizor»), Rizamat (A. Qahhor, «Ogriq gishlar») kabi Mirshohid hajviy va kulgili obrazlari mashhur. Miroqilov konsertlarda konferansyelik qilgan, voqeaviy hikoyalar, latifalar aytgan. 1937-y. da «Oʻzbek xalqining sanʼati» nomli 2 qismli ins-senirovkani sahnalashtirishda M. Uygʻurga yordamlashgan. «Nasriddin Buxoroda», «Nasriddinning sarguzashtlari» «Qutlugʻ qon», «Maftuningman», «Kushik, parvoz etadi» filmlarida suratga tushgan.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x