MINIMALIZM

MINIMALIZM (ing. Minimal Art — minimal sanʼat) — ijodiy yoʻnalish. 1950—60 y. larda Sharq (ayniqsa, dzenbuddizm) falsafasi taʼsiri ostida AQSH sanʼatida yuzaga kelgan. Rassomlardan K. Andre, D. Jads, R. Morris, T. Smit, F. Stella va b., musiqada (Stasis — holat, Systematic music — tartibli musiqa nomi b-n) S Rayx, T. Rayli, M. Yang, F. Gless, J. Adams va b. ijodida rivoj topgan. «Minimum vositalari bilan maksimum natijalarga erishish» M. ning asosiy mezoni boʻlib, sanʼatning turli koʻrinish (rangtasvir, nasr, nazm, kino, musiqa)larida, madaniy hayotning turli jabha (moda, dizayn va b.)larida oʻz aksini topgan. Kino ustalaridan J. M. Shtraub (Germaniya), K. Dreyer (Daniya), R. Bresson (Fransiya), yozuvchi va shoirlardan A. Voznesenskiy, Yu. Bondarev shu uslubda ijod qilgan. Minimalizmga meditatsiya (oʻylarga choʻmib xayol surish), sehrli, turgʻun holatlar xos. Oʻzbekiston kompozitorlaridan D. Saydaminova, D. YanovYanovskiy, P. Me-dyulyanova, A. Kim, N. Gʻiyosov va b. M. uslubiga murojaat qilgan.

Aida Gabitova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x